Bugun, 31 dekabr kuni soat 07:21da Namangan shahar “Baynalminal” Mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi xonadonlarni birida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat FVB Axborot xizmati xabar berdi.
FVBga kelib tushgan xabarga asosan soat 07:25da yong`in qutqaruv ekipaji joyiga etib borgan, sodir bo`lgan yong`in, yong`in qutqaruvchilar tomonidan soat 07:40da to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida yashash uyiniing shift va tom qismidan 25 kv.metr joyi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong`in vaqtida xonadon egasining qizi 1 guruh nogironi 1997 yilda tug`ilgan fuqaroni kuygan jasadi topilgan. Hozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan xonadonni isitish maqsadida gaz, elektr, ko`mir, o`tin va boshqa yoqilg`ilardan foydalanishda yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik so`ralmoqda.
30 dekabr kuni ham Namangan shahridagi xonadonlarning bir yonib ketgan edi.






