1

«Andijon-Buxoro» poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi

Jamiyat 17.09.2016, 12:39
«Andijon-Buxoro» poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi

20 sentyabrdan Qamchiq dovoni orqali o`tuvchi yangi «Angren-Pop» temir yo`li bo`ylab №392/391 «Andijon-Buxoro-Andijon» poezdi qatnashni boshlaydi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» axborot xizmati xabar qildi.

Reyslar haftada bir marta amalga oshiriladi. Poezd Andijondan 14:30 da jo`nab, Buxoroga keyingi kuni tongda — 6:30 da etib boradi. №391/392 poezdi xuddi shu kuni 22:30 da ortga qaytadi.

Poezd Marg`ilon, Qo`qon, Pop, Orzu, Toshkent, Guliston, Jizzax, Samarqand va Navoiy bekatlarida to`xtaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1