AsosiyJamiyat

Farg`onadagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida yong`in sodir bo`ldi

'Farg`onadagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 3 yanvar kuni Farg`ona viloyatining Dang`ara tumanida avtomobillarning ehtiyot qismlari sotiladigan do`konlar yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 12:26 da Dang`ara tumanining Toshkent ko`chasida joylashgan “Fayzli istiqlol servis”ga qarashli MChJ xududidagi avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan savdo do`konlarda yuz bergan. 

Hodisa oqibatida 4 ta konteynerning taxminan 40 kvadrat metr maydonda ichki qismi hamda savdo do`koni ichida bo`lgan avtomobil ehtiyot qismlari yonib zararlangan.

Yong`in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 12:40 da etib borib, yong`inni to`liq o`chirishgan. 

Hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda. Yong`in natijasida tan-jaroxati olganlar va jabrlanganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar