Avvalroq, 2022 yil 24 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasi portlab ketgani haqida xabar bergandik.
Portlash oqibatida shifoxonada davolanayotgan 2 nafar bemor kuyish tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgandi. Ulardan biri marhum atoqli shoir Abdulla Oripovning singlisi 74 yoshli Oysara Ubaydullaeva ekani ma`lum bo`ldi.
Oysara Ubaydullaeva 2022 yil 30 dekabr kuni 80 foiz kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi, deya yozmoqda "Nasafnews".
Ma`lumotga ko`ra, Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasida portlashdan oldin marhuma Oysara Ubaydullaeva turmush o`rtog`i bilan davolanayotgan bo`lgan. Hozirda marhumaning turmush o`rtog`i Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialida davolanmoqda.
"Darakchi.uz" marhumaning yaqinlari va oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
03.01.2023 18:13
Abdulla Oripovning singlisi Qashqadaryodagi shifoxona portlashi oqibatida vafot etdi






