Buxoro shahrida o`quv binosining erto`la qismida chaqnash sodir bo`ldi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, 4 yanvar kuni soat taxminan 00:52 larda Buxoro shahri, “Olim Xo`jaev” MFY Mustaqillik ko`chasida joylashgan, o`quv markaz sifatida foydalanib kelingan 50/3-uyning erto`lasida chaqnash sodir bo`lgan. Buning oqibatida erto`ladagi 3 dona eshik romlar joyidan siljigan va 70 kv.m maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan.
Chaqnash oqibatida jabrlangan va tan jarohati olganlar yo`q. Hozirda chaqnash sabablari aniqlanmoqda.






