AsosiyJamiyat

2022 yilda Qashqadaryoda qariyb 35 ming murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo`ldi

'2022 yilda Qashqadaryoda qariyb 35 ming murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo`ldi'ning rasmi

Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan aholiga 10 ga yaqin davlat xizmatlari ko`rsatilib, kadastrga oid davlat xizmatlarini ko`rsatish elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko`rinishda qabul qilinib ijrosi ta`minlanadi.

Qashqadaryoda 2022 yilda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 34 674 ta er uchastkasi hamda ko`chmas mulkka kadastr pasporti tayyorlab berildi. Bu haqda Boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda. 

"Kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng ko`p murojaat viloyatning Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan bo`lib, murojaatlar 9107 tani tashkil qilgan. Kadastr hujjatlarini tayyorlash hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qarshi shahrida 9 107 ta, Shahrisabz shahrida 2 119 ta, Chiroqchi tumanida 1 349 ta, Dehqonobod tumanida 892 ta, G`uzor tumanida 1 506 ta, Kasbida 955 ta, Kitobda 3 161 ta, Ko`kdala tumanida 328 ta, Kosonda 1 622 ta, Mirishkor tumanida 1 189 ta, Muborak tumani 900 ta, Nishonda 1 777 ta, Qamashida 1 343 ta, Qarshi tumani 4 734 ta, Shahrisabz tumani 1 671 ta va Yakkabog` tumanida 2 018 ta er uchastkalari hamda ko`chmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berilgan", - deydi Boshqarma boshlig`i G`ayrat Hamroev.

    Boshqa yangiliklar