4 yanvardan boshlab "UzAuto Motors SAP" hisob dasturiy ta`minotini amalga oshirish va mahsulot inventarizasiyasini o`tkazayotganligi munosabati bilan, ushbu muddatda kontraktasiya shartnomasini tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va to`lovlarni qabul qilish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy xabar bermoqda.
Bundan tashqari, dasturiy ta`minotni ishga tushirish tadbirlarining o`tkazilishi munosabati bilan "UzAvtoSavdo" ilovasi faoliyati ham vaqtincha to`xtatib turilishi mumkin.
Qayd etilishicha, dasturiy ta`minotni yangilash va inventarizasiya ishlari yakunlangandan so`ng, kontraktasiya shartnomalarini tuzish, oldindan to`lovni qabul qilish va avtomobilni etkazib berish to`liq hajmda qayta tiklanadi.
"2022 yil, yangi yil arafasida avtomobil etkazib berish bo`yicha shartnoma tuzgan va 7 kun ichida oldindan to`lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan so`ng, avtomobil uchun oldindan to`lovni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil etkazib berish bo`yicha tuzilgan shartnomalar o`z kuchida qoladi, faqat oldindan to`lov muddati uzaytiriladi.
"UzAuto Motors" kompaniyasi iste`molchilardan 4-5 kun davom etishi mumkin bo`lgan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunishlarini so`rab qoladi", - deyiladi rasmiy xabarda.






