AsosiyJamiyat

Toshkentning ba`zi hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha o`chirildi

'Toshkentning ba`zi hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha o`chirildi'ning rasmi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 9 ta hududi vaqtincha gaz ta`minotidan uziladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar qildi. 

Qayd etilishicha, Ibn Sino mavzesi Beltepa ko`chasidan o`tgan o`rta bosimli gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgani bois 2023 yil 5 yanvar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar Shayxontohur tumanining quyidagi mahallalarida gaz bo`lmaydi:

Beltepa ko`chasidagi 23 ta ko`p qavatli uy;
Ibn Sino mavzesidagi 13 ta ko`p qavatli uy;
Jarariq mavzesidagi 21 ta ko`p qavatli uy;
Mingtepa ko`chasidagi 4 ta ko`p qavatli uy;
“Yangi Jarariq” mahallasidagi 900 ta xonadon;

Oqibat ko`chasidagi 150 ta xonadon;
Uyg`un ko`chasidagi 150 ta xonadon;
“Ipakchilik” mahallasidagi 140 ta xonadon.

Shuningdek, 8 ta novvoyxona, 14 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta ishlab chiqarish korxonasi hamda 4 ta MTTda ham gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
3-Issiqlik markazida gaz bosimi me`yoridan past bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar