Joriy yilning 1 yanvar kuni Shahrisabz tumani “Tepar” mahallasida yashovchi hamqishloqlar ochiq dala maydoniga borishib, shu erda o`zaro og`zaki tortishib qolishgan. Natijada o`rtada bahslashuv yuzaga kelib, bir-birini kamsituvchi so`zlar bilan haqorat qilganligi sababli erkak ayolni urib, tan jarohati etkazgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ertasi kuni jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgach, shifokorlar ko`rsatgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani IIB TB tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Fuqaro S.X. JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.