AsosiyJamiyat

Farg`onada 3-sinf o`quvchilari ko`chada turgan “Gentra”ni yoqib yubordi

'Farg`onada 3-sinf o`quvchilari ko`chada turgan “Gentra”ni yoqib yubordi'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan yosh bolalar “Gentra” rusumli avtomobilni old qismini yoqib yuborishganligi tasvirlangan videoxabar viloyat IIB tomonidan o`rganib chiqildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha,  2022 yilning 21 dekabr kuni Qo`qon shahar 33-umumta`lim maktabining 3-sinf o`quvchilari voyaga etmagan M.U., A.U hamda A.B.lar shaharning A.Navoiy mavzesidagi savdo do`koni oldida o`zlarida bo`lgan gugurt cho`pini yoqib, shu erda turgan, “Gentra” rusumli avtomashinaning old qismiga qistirib ketishgan. Natijada, avtomashinada  yong`in chiqib, moddiy zarar etkazilgan.

Shunday bo`lsada, avtomashina egasi fuqaro D.S ichki ishlar organlariga bu haqida murojaat qilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat Qo`qon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda ro`yhatga olinib,  voyaga etmagan shaxslarning ota-onalari M.Yu., A.Y va I.A. larga nisbatan ma`muriy  tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Avtomashinaga etkazilgan moddiy zarar qoplandi.

 

    Boshqa yangiliklar