⚡️Samarqandlik erkak xotini va 5 oylik farzandini o`ldirib so`ng o`zini osdi

Jinoyat 06.01.2023, 11:52
⚡️Samarqandlik erkak xotini va 5 oylik farzandini o`ldirib so`ng o`zini osdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida erkak xotini va 5 oylik bolasini o`ldirib, so`ng esa o`zini osdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 24 dekabr kuni Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi viloyat ichki ishlar boshqarmasiga voqea yuzasidan xabar bergan. 

Hodisa joyi ko`zdan kechirilganda M.A.ning bo`yin sohasi chap yon tomonida 2 dona sanchib-kesilgan jarohati mavjudligi hamda chaqaloq P.M. esa tan jarohatsiz holda topilgan. Shuningdek, xonadon egasi A.A. ushbu hovlining og`ilxonasini cherdak qismiga arqon bilan bo`ynidan osilgan holda topilgan.

Dastlabki tezkor ma`lumotlar va guvohlar ko`rsatmalariga ko`ra, A.A. turmush o`rtog`i bilan oilaviy kelishmovchilik oqibatida janjallashib, uni qaychi bilan bo`yin sohasiga 2 marta urib o`ldirgan. So`ngra beshikda yotgan 5 oylik farzandi M.P.ni qo`llari bilan bo`g`ib o`ldirib, keyin o`zini-o`zi osib qo`ygan.  

Voqea joyidan qonga o`xshash dog`lari bo`lgan bir dona qizg`ish rangli elim dastali qaychi, qonga o`xshash dog`lardan namunalar, A.A.ning ikkala qo`lidagi qonga o`xshash dog`lardan namunalar, 2,3 metr uzunlikdagi arqon ashyoviy dalillar sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1