Sal avval, maktab va bog`chalarda ta`til e`lon qilinishi sababli farzandi MTTga borayotgan byudjet tashkilotida ishlaydigan ayollarning ish haqqi kamaytirilmagan holda ish vaqtini qisqartirish belgilandi.
Ushbu holat yuzasidan Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov munosabat bildirdi.
"Bog`chadan farzandini vaqtida olishiga vazifasi xalaqit berayotgan ayollarga ish vaqtini qisqartirish juda yaxshi, lekin bu masalaning yarmi…
Ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak. Ayol xodimning ish samaradorligi sezilarli oshadi, oilada muhit o`zgaradi.
Qolaversa, natija ko`p ishlash emas, samarali ishlashning hosili ekanini hamma tan olmasa ham, juda yaxshi biladi", - deydi Qodirov.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo`g`indagi ta`lim muassasalarida qishki ta`til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi. O`qish jarayonlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.






