AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda hokim o`rinbosarini do`pposlagan 4 nafar fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Qashqadaryoda hokim o`rinbosarini do`pposlagan 4 nafar fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 2 yanvar kuni bozordagi sotuvchilar janjal chiqgani haqida xabar bergan edik.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, shu kuni bozorda taxminan soat 10:30 larda Qamashi tuman hokimining o`rinbosari va shu bozor rahbari tomonidan bozor hududida obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda bozor atrofiga beton ariq o`rnatish maqsadida tuman hokimiyati obodonlashtirish bo`limiga qarashli ekskavator mashinasini ishlatayotgan vaqtda bozor hududida savdo ishlari bilan shug`ullanuvchi bir nechta fuqarolar vaziyatni noto`g`ri talqin qilib, obodonlashtirish bo`limi xodimlari va hokimiyat vakillarini faoliyatiga to`sqinlik qilib, janjal uyushtirib, jamoat tartibini buzgan.

Bozor hududiga jamoat tartibini tiklash uchun jalb qilingan Qamashi tuman ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan 6 nafar huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarning harakatlari rasmiylashtirilgan. To`plangan hujjatlar asosida Jinoyat ishlari bo`yicha Qamashi tuman sudi tomonidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194 (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 195-moddalari (ichki ishlar organlari xodimlarining o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatish)ga asosan ikki nafar fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima, to`rt nafariga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Jamoat tartibini buzishda ishtirok etgan yana to`rt nafar fuqaroga nisbatan Qamashi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar