AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda 17 daraja iliq bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin

'Bugun O`zbekistonda 17 daraja iliq bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun, 7 yanvar kuni kunduzi O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-16° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar