AsosiyJamiyat

Onasi qadrlamagan ish beruvchilar paydo bo`lishiga tayyor turing - Alisher Qodirov

'Onasi qadrlamagan ish beruvchilar paydo bo`lishiga tayyor turing - Alisher Qodirov'ning rasmi

Sal avval, maktab va bog`chalarda ta`til e`lon qilinishi sababli farzandi MTTga borayotgan byudjet tashkilotida ishlaydigan ayollarning ish haqqi kamaytirilmagan holda ish vaqtini qisqartirish belgilandi.

Ushbu holat yuzasidan Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov munosabat bildirib, O`zbekistonda ayollarning ish vaqtini qisqartirishni taklif qildi.

“Ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak. Ayol xodimning ish samaradorligi sezilarli oshadi, oilada muhit o`zgaradi”, - degan edi deputat. 

Oilali ayol xodimlarga ikki soatlik imtiyoz haqidagi taklif, ish beruvchilar va ayol faollar tomonidan "mehnat bozorida ayollarni kamsitilishiga sabab bo`ladi", deb tanqid qilindi. Deputat o`z mulohazalariga qo`shimcha tushuntirish berdi

“Ish beruvchi - xodimning kamroq ishlashiga moslashadi, lekin oila onasizlikka moslasha olmayapti. Yangi Mehnat kodeksi ish vaqtini moslashtirish uchun imkon beradi. Ayollar oilasi uchun bu imkoniyatdan foydalanishi kerak.

Aksi holda, yaqin kelajakda insonning aniq qiymatini belgilashni taklif qiladigan, onani qadrlamagan ish beruvchilar paydo bo`lishiga tayyor turing.

Taraqqiyot - qadriyatlarga tayanishi kerak! Bormoqchi bo`lgan manzilimizni aniq bilib olaylik”, - deydi Qodirov. 

    Boshqa yangiliklar