AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston ichki ishlar vaziri: qidiruvda yurgan 132 nafar shaxs qo`lga olindi

'Qoraqalpog`iston ichki ishlar vaziri: qidiruvda yurgan 132 nafar shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda o`tkazilgan “Antiterror” tozalash tadbirlari doirasida 18 ming 200 ob`ekt hamda 89 ming xonadon jamoatchilik faollari bilan birga ko`zdan kechirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog`iston ichki ishlar vaziri Baxtiyar Torebekovning ma`lum qilishicha, tekshiruvlar tavomida qidiruvda yurgan 132 nafar shaxs topilib, ushlangan va tergov bo`limlariga topshirilgan.

Bundan tashqari, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar o`z ixtiyori bilan 344 ov quroli, 170 o`q-dorilarni ichki ishlar organlariga topshirgan. 12 nafar bedarak yo`qolgan shaxs aniqlanib, ular o`z uylariga qaytarilgan.

O`z navbatida, 57 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.

 

    Boshqa yangiliklar