Energetika vazirligi "Qishdan chiqib olish uchun hammamiz birgalikda energiyani iqtisod qilaylik!" shiori ostida murojaat bilan chiqdi.
“Xatolarimiz sababli sovuqqotyapmiz. Ammo hozir, shu lahzada, bir musht bo`lib, jamiyat bo`lib qish sovug`idan o`tib olmasak bo`lmaydi. Bu bizning qo`limizdan keladi. Har birimiz energiyani iqtisod qilishga urinsak, talafotlarni kamaytirishimiz mumkin bo`ladi”, deyiladi animasion rolikda.
Unda mustaqillikdan so`ng energetika tizimiga qilingan e`tiborsizlik tufayli, bugun elektr energiyasini etarlicha ishlab chiqarish uchun kerak bo`lgan yoqilg`i – tabiiy gaz etmayotgani raqamlar bilan tushuntirib berilgan.
Animasion lavhada 2016 yildan buyog`iga aholi va iqtisodiyotni energiya bilan ta`minlash sohasida bajarilgan ishlar sarhisobi keltiriladi.
Sohada olib borilayotgan ishlar natijasiga qadar, bu yilgi sovuq qishdan imkoni boricha talafotlarsiz o`tib olish uchun butun xalqning harakati, jonbozligi kerak bo`layotgani ta`kidlanadi.






