AsosiyJamiyat

"O`zbekiston temir yo`l" serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlayotgani sababli onlayn navbat joriy qilindi

'"O`zbekiston temir yo`l" serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlayotgani sababli onlayn navbat joriy qilindi'ning rasmi

chipta.railway.uz sayti serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlayotgani sababli onlayn navbat joriy qilindi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ xabar bermoqda. 

Barcha bo`g`indagi oliy va o`rta ta`lim muassasalarida qishki ta`til muddatlari joriy yil 18 yanvarga qadar uzaytirilgani sababli bugungi kunda talabalar tomonidan joriy yilning 7-8-9 yanvar kunlariga onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni boshqa muddatlarga almashtirish maqsadida talaba yoshlar chipta.railway.uz saytidan foydalanishmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari shu vaqtning o`zida, boshqa yo`lovchilar ham onlayn chiptalarni sotib olish harakatida, temir yo`l kassalarida ham ushbu tizimdan foydalanilmoqda va shu bois, veb-sayt serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlamoqda.  

Mazkur vaziyatda, yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida veb-saytda onlayn navbat joriy qilingan. Hozirda ushbu tizimning o`rnatilgan tartibda ishlashi kuzatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar