AsosiyJamiyat

3229 nafar ayollar 20 yoshgacha farzandli bo`lgani ma`lum bo`ldi

'3229 nafar ayollar 20 yoshgacha farzandli bo`lgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning dekabr oyida 20 yoshgacha farzandli bo`lgan ayollar soni 3229 nafarni tashkil etgan.

Bu dekabr oyida jami farzandli bo`lgan ayollarning 3,9 %ga teng. 

Hududlar kesimida jami farzandli bo`lgan ayollar tarkibida 20 yoshgacha bo`lgan ayollar ulushi:

— Qoraqalpog`iston R. – 3,1 %

— Andijon viloyati – 4,5 %

— Buxoro viloyati – 3,8 %

— Jizzax viloyati – 2 %

— Qashqadaryo viloyati – 4,4 %

— Navoiy viloyati – 2 %

— Namangan viloyati – 4,6 %

— Samarqand viloyati – 6 %

— Surxondaryo viloyati – 3,8 %

— Sirdaryo viloyati – 2,7 %

— Toshkent viloyati – 3 %

— Farg`ona viloyati – 4,8 %

— Xorazm viloyati – 2,2 %

— Toshkent shahri – 2,8 %

    Boshqa yangiliklar