Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ochiq sud jarayonida ko`rib chiqish davom etmoqda. Bu haqda Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Kecha, 7 yanvar kungi sud majlisida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi A. Ornbaevning ko`rsatmalari eshitildi. Sudlanuvchilar qilmishlaridan chin ko`ngildan pushaymon ekanliklarini bildirib, kechirim so`radilar va hurmatli Prezidentimizga etkazishni iltimos qildilar.
A. Ornbaev sudlanuvchilar kim bo`lishidan qat`iy nazar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, Qoraqalpog`iston azamatlari ekanligini, ularning iltimoslarini albatta etkazishini ma`lum qilib, sud hay`atidan sudlanuvchilarga qonun doirasida engillik berishni so`radi.






