AsosiyJamiyat

Toshkentda 16 ta yangi avtobus bugundan 5 ta yo`nalish bo`yicha ish boshladi

'Toshkentda 16 ta yangi avtobus bugundan 5 ta yo`nalish bo`yicha ish boshladi'ning rasmi

"Toshshahartransxizmat" AJ yangi sotib olgan 16 ta avtobuslar poytaxtda harkatlanishni boshladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, MAN A22 CNG rusumli avtobuslarning:

— 4 donasi "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 28-sonli "Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi";

— 4 donasi "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 13-sonli "Izza mavzesi – Toshkent MUM";

— 1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 91-sonli "Yunusobod mavzesi 15-daha – Ko`kcha masjidi bekati";

— 1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 118-sonli "Chilonzor buyum bozori – O`zposlsavdo";

— 3 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 87-sonli "Chinni bozori bekati – Qoraqamish 2/4 mavzesi";

— 3 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 88-sonli "Ibn Sino 2-mavzesi – M.Yusuf ko`chasi" avtobus yo`nalishlarida xizmat ko`rsatish uchun biriktirildi.

    Boshqa yangiliklar