AsosiyJamiyat

"Tez yordam sekin borsa, bizga jahl qilmang" "Tez yordam" haydovchilari ularga tezlik uchun jarimalar kelayotganidan shikoyat qilmoqda(video)

'"Tez yordam sekin borsa, bizga jahl qilmang"  "Tez yordam" haydovchilari ularga tezlik uchun jarimalar kelayotganidan shikoyat qilmoqda(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Tez yordam" haydovchilariga tezlik uchun jarimalar kelayotgani aytilgan video tarqaldi. Unda kameralar "Tez yordam" mashinalarini ham ayamayotgani, haydovchilarga jarima qog`ozlari kelishni boshlagani aytilgan.

IIV YHXX ushbu xabarlar yuzasidan ma`lumot berdi. Unda aytilishicha, 1 noyabr kuni IIV JXD YHXX boshlig`i, Tez tibbiy yordam xizmati markazi rahbari hamda Sog`liqni saqlash vazirligi avtotransport bo`limi mas`ul xodimlari ishtirokida tez tibbiy yordam avtomobillarining maxsus foto-video fiksasiya moslamari orqali qayd etilgan yo`l harkati qoidalarini buzish holatlari bo`yicha kelib chiqayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan uchrashuv tashkil etilib, ishchi guruhi tuzilgan.

Tez tibbiy yordam avtomobilining haydovchisi Yo`l harakati qoidalarining 25-bandi asosida belgilangan tartibda ayrim qoidalarning talablaridan chetga chiqishi mumkin.

Bunday holatda maxsus kameralar orqali avtomobil qayd etilgan taqdirda kechiktirib bo`lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma`muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va ma`muriy ish ushbu kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.

Ta`kidlanishicha, hozirda ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video batafsil o`rganilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar