AsosiyJamiyat

Ayni damda Toshkent viloyatining ayrim joylarida qor 2 metrgacha etdi (video)

'Ayni damda Toshkent viloyatining ayrim joylarida qor 2 metrgacha etdi (video)'ning rasmi

"Chotqol" davlat biosfera rezervat  qo`riqxonasi hududida ayni paytda qorning qalinligi 1-1,5 metrni tashkil etmoqda.  Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar bermoqda.

Qo`riqxona hududining ayrim shamol orqali to`planib qolgan joylarida qorning qalinligi 2 metrni ko`rsatmoqda.  

"Chotqol" davlat biosfera rezervat qo`riqxona yuqori qismida hozirda qor yog`moqda. Qo`riqxona hududida ayni damda havo harorati 15-17darajada sovuq ekanligi qayd etildi.

"Nurota"  davlat qo`riqxonasida ham ayni damda qor yog`ishni boshlagan. Bu erda havo harorati -5 gradusni tashkil etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar