AsosiyJamiyat

Anomal sovuqda qishloq xo`jalik ekinlarini saqlab qolish mumkin?

'Anomal sovuqda qishloq xo`jalik ekinlarini saqlab qolish mumkin?'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi vazirligi anomal sovuqning qishloq xo`jaligi mahsulotlariga salbiy oqibatlarini kamaytirish bo`yicha o`z tavsiyalarini berdi.

G`allachilik:

  • kech ekilgan, ayniqsa, ayrim 1-2 barg holatida bo`lgan g`alla maydonlariga chirigan mahalliy o`g`it (go`ng) sepish;
  • g`o`za qator oralariga ekilib, hozirgi kungacha g`o`zapoyalardan tozalanmagan maydonlarda g`o`zapoyadan tozalash ishlarini sovuq kunlar tugagunga qadar to`xtatish;
  • elektr energiya cheklovlari bo`lishini inobatga olib, nasos agregatlari va lotok tarmoqlarining muzlab yorilishini oldini olish uchun ulardan foydalanishni vaqtincha to`xtatish;
  • sovuq ta`sirida g`allaga zarar etishi kuzatilgan holatlarni bartaraf etish bo`yicha qishloq xo`jaligi mutasaddilari va olimlar ishtirokida shtablar tashkil etish.

 

Sabzavotchilik va poliz ekinlari.

  • ekin maydonlarini ustini plyonka qoplamalari oddiy yoki duga usulda qoplash;
  • mahalliy chirigan go`ng, sholi qipig`i va apilka bilan mo`lchalash;
  • somon yoki mayin xashaklar bilan o`simlik ustini yopib chiqish kabi chora-tadbirlar;
  • issiqxonalarda pomidor va bodring etishtirishda inshootdagi havo harorati o`simliklar uchun mos bo`lishi;
  •  issiqxonada etishtirilayotgan bodring harorat 0 darajaga  tushib ketganda nobud bo`ladi. Pomidorning esa +7 daraja haroratda ildiz tizimi, -1-2 daraja sovuqda esa o`simlikning o`zi nobud bo`lishi;
  • issiqxonalarda isiriq va boshqa tutatish pohol yoki eskirgan texnik balonlarini yoqib tutatish natijasida ham 2-3 0 daraja issiqlik berish va ushlab turish mumkin.

 

Bog`dorchilik:

  • urug`li meva bog`larda shakl berish va kesish tadbirlarini sovuq haroratlar o`tgunga qadar vaqtincha to`xtatish;
  • ko`milmay qolgan tok tuplari, anor va anjir butalarini sovuqdan saqlash uchun zudlik bilan xashaklar va sholi poyalar bilan yopish yoki tuproq bilan ko`mish;
  • xurmo daraxtlari tanalarini va shox-shabbalarini xashak, quruq makka va sholi poyalari hamda boshqa narsalar bilan o`rash;
  • issiqxonalarda etishtirilayotgan sitrus va qulupnay o`simliklarini himoya qilish uchun plyonka ostidan yana bir qavat yupqa plyonka tortish (termos qilish) va issiqxona ustidagi qorlarni tushirmaslik zarur;
  • mevali bog` va uzumzorlar qator oralariga mahalliy o`g`it aralash xashak, poxol, shox-shabbalar uyumlarini to`plab, ularni tutatish (mevali bog` va uzumzorlarga bir tekisda eni 1,25-1,5 m hamda balandligi);
  • daraxtlarning yoshi va qalin siyrakligiga qarab har bir gektar maydonga 100-200 ta uyum hosil qilish;
  • tutun bog` ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlarni mevali bog` va uzumzorlarning shamol esadigan tomoniga qo`yish hamda havo haroratini kuzatib borish.

 

    Boshqa yangiliklar