9 yanvar kuni O`zbekistonga Volgabo`yi hududlaridan Rossiya shimolida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanishi haqida xabar bergan edik.
-22 daraja sovushi kutilayotgan ob-havo insonlarning haqli xavotiriga sabab bo`lmoqda. "O‘zgidromet" mutaxassisi aholidan ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘radi.
Mutaxassisning ma`lum qilishicha, Tinch okeanidagi La-Nin`o hodisasi mana uchinchi yildirki davomli kuzatilmoqda. Mazkur hodisa uch yil O`zbekiston qishida to`satdan haroratni keskin sovutib yuboruvchi sovuq oqimlarning qishda mintaqaga tez-tez tashrif buyirishiga olib kelgan. Hatto, sovuq havo oqimlarining kirishi mart va aprel oylarida ham kuzatilib, qishloq xo`jaligiga etarlicha zarar keltirmoqda.
Qishda to`satdan bir ikki sovuq havo oqimlarining kirishi butun bir qish mavsumi sovuq o`tishini anglatmaydi. Oxirgi yillarda bahorgi sovishlarning salbiy oqibati ham qishning ancha iliq o`tganidan dalolat. Chunki, dov-daraxtlar iliq qish kunlarida tezda uyg`onish fazasiga o`tib qolmoqda.
"Ob-havo prognozlariga vahimali mazmunda qarashni to`xtatish zarur. Hozir zamon o`zgargan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar hamin qadarki, har bir oqimning harakat yo`llarini oldindan prognoz qilib berish imkoniyatiga ega. O`sha harakatlarni sinoptiklar "gapirtira olishi" va barcha tarmoqlarga ancha oldin etkaza olishi hozirgi zamon talabi. Ularning oqlash darajasining yuqori bo`layotganini hammamiz his qilib turibmiz. Buning hammasi bizning farovonligimiz garovi"-, deyiladi xabarda.






