O`zbekistonning qator hududlarida 9—11-yanvar kunlari yog`ingarchilik kuzatiladi, shamol tezligi 15—20 metr/sekundgacha kuchayadi. Toshkent shahar IIBB aholini ogohlikka chaqirdi.
Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko`ra, aholi noqulay ob-havo sharoitida poytaxt hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog`lanishlari mumkin.
“Sizlardan ehtiyot choralariga rioya qilishingizni, transport vositangizni daraxtlar va temir qurilmalar tagiga qo`ymasligingizni, eshik va derazalarni mustahkam yopishingizni, yosh bolalarni qarovsiz ko`chaga chiqarmasligingizni so`raymiz”, — deyiladi xabarda.
09.01.2023 15:57
IIBB poytaxt aholisini kuchli shamol esishida ehtiyot bo`lishga chaqirdi






