"O`zgidromet" 10 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha qor yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida, Farg`ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq, shimolda 7-12° sovuq bo`ladi.
Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° sovuq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° sovuq bo`ladi.






