AsosiyJamiyat

3 ta tumanda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

'3 ta tumanda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra, departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan “Uztransgaz” AJ xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Toshkent magistral gaz quvurlari” boshqarmasi mas`ul shaxslari o`z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganliklari oqibatida, “H.G.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta`sir o`tkazish orqali umumiy qiymati 10,7 mlrd so`mlik tabiiy gaz noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Jondor tuman bo`limi tomonidan “Hududgaz Buxoro” gaz ta`minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “A.z.” va A.A. MChJ mas`ul shaxslari tumandagi “Jondor 1” GTSning “Peshqandoq” qishlog`i yo`nalishidagi gaz quvuriga yashirincha ulanishib, “A.z.” MChJ 4,8 mlrd so`mlik, “A.A.” MChJ 4,9 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departament hamda DXXning Shahrixon tuman bo`lim tomonidan “Hududgaz Andijon” gaz ta`minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu filialning tuman bo`limi muhandisi N.R. va boshqalar o`zlarining moddiy javobgarligidagi umumiy qiymati 36,7 mln so`mlik 68 dona gaz ballonlarni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) 169-moddasi (o`g`rilik), 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar