1

"Janjal shaxsiy masala yuzasidan kelib chiqqan" SSV Surxondaryoda ayovsiz kaltaklangan vrach bo`yicha ma`lumot berdi (video)

Jinoyat 10.01.2023, 13:03
"Janjal shaxsiy masala yuzasidan kelib chiqqan" SSV Surxondaryoda ayovsiz kaltaklangan vrach bo`yicha ma`lumot berdi (video)

Avval xabar qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida shifokor ayovsiz kaltaklangani aks etgan videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan SSV munosabat e`lon qildi. 

Aniqlanishicha, Boysun tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo`limida shu yil 9 yanvar sanasida navbatchilik qilayotgan shifokor F.J. va fuqaro Sh.X.  o`rtasida shaxsiy masala yuzasidan tortishuv kelib chiqqan. Oqibatda kelishmovchilik janjalga aylanib, shifokor olgan tan jarohati tufayli hushini yo`qotgan.

So`ng jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga "Burun suyagining yopiq sinishi. O`ng ko`z olmasi kontuziyasi. O`ng yuqori jag` jarohati" tashxisi bilan yotqizilgan. Hozir bemorning ahvoli o`rta og`ir. Davo muolajalari belgilangan standartlar asosida olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan bugun Boysun tuman Ichki ishlar bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1