Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik liseylarda o`quv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etilibdi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar bermoqda.
Ta`lim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-o`quvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga etib kelishini ta`minlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladi.
O`quv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tug`ilganda o`quv grafigiga o`zgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Ob-havo sharoitlari tufayli o`qishga kelolmagan talabalarga tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda hukumat ushbu qarori ko`plab muhokamalarga sabab bo`lmoqda.






