AsosiyJamiyat

19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so`m yo`naltirildi — Shavkat Mirziyoev

'19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so`m yo`naltirildi — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Yig`ilishda sanoatda qo`shimcha zaxiralarni aniqlash va investisiyalarni ko`paytirish bo`yicha 2023 yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda.  Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda. 

So`nggi yillarda:

- qo`shimcha 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so`m yo`naltirildi;

- to`qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmasevtika, elektrotexnika kabi sohalarni “drayver”ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi;

- sanoatni zarur xomashyo bilan ta`minlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlari 3 barobarga ko`paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.

Natijada, oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko`payib, 100 mingtaga etdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga ko`paydi.

 

    Boshqa yangiliklar