Qishki ta`til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumta`lim, o`rta maxsus, professional hamda oliy ta`lim tashkilotlarida qishki ta`til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini ma`lum qilamiz, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunda Mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta`lim sohasida ayrim vakolatlar berilgan.
11.01.2023 09:52
Bog`chalarda ham qishki ta`til muddatini hal qilish hokimliklarga yuklatildi






