Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi sexda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 11 yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani, "Gulzor" MFY, Yoshlik ko`chasida joylashgan tekstil sexida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga asosan yong`in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga etib borib, yong`inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha sexning ikkinchi qavatida yong`in kelib chiqqan, vaziyat nazorat ostida.
Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmadi.
Yong`in yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.






