AsosiyJamiyat

Samarqandda "Jiguli" avtobus yo`liga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi, yana uch odam shifoxonada

'Samarqandda "Jiguli" avtobus yo`liga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi, yana uch odam shifoxonada'ning rasmi

Paxtachida sodir bo`lgan YTHda ikki nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 10 yanvar kuni soat 13:30 larda ZHONGTONG BUS rusumli avtomashina haydovchisi transportini Paxtachi tumani hududidan o`tuvchi M-37 yo`lining 124 km.dan Samarqand tomonga boshqarib kelayotgan vaqtida, VAZ-21013 rusumli avtomashina haydovchisi ikkinchi darajali yo`ldan ZHONGTONG BUS mashinasini yo`liga chiqib ketishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Natijada VAZ-21013 rusumli mashina haydovchisi hamda mazkur avtomashina salonida yo`lovchi sifatida ketayotgan bir nafar fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Mashinadagi uch nafar yo`lovchilar tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar