O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi "Iste`mol kreditini ajratish tizimini takomillashtirishga qaratilgan «Iste`mol krediti to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga o`zgartish kiritish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda quyi palata Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda moliyaviy iste`mol kreditlari uchun talab ortib borishi, biroq O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga moliyaviy iste`mol kredit ajratilishi amaldagi qonun bilan cheklangan.
Shu bois, mamlakatimiz aholisining ta`lim olish, mehnat qilish hamda turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida ular uchun zarur bo`lgan barcha iste`mol tovarlari (xizmatlari) bilan to`laqonli ta`minlash ko`zda tutilgan.
Shuningdek, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar va iste`molchi-fuqarolar uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy iste`mol kreditidan foydalanish mexanizmi qaytadan ko`rib chiqilmoqda.
Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining hayotga tadbiq etilishi orqali respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ni iste`mol krediti orqali xarid qilish imkoniyati yaratiladi.