AsosiyJinoyat

Yangiqo'rgonda qalbaki 3 900 AQSH dollarini sotayotganlar qo'lga olindi

'Yangiqo'rgonda qalbaki 3 900 AQSH dollarini sotayotganlar qo'lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.X. Yangiqo`rg`on shaharchasida boshqa bir fuqaroga jami 39 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni 16,3 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar