AsosiyJamiyat

Nukusdagi tartibsizliklar bo`yicha sudda Tajimuratovga 18 yil, Qallixanovaga 11 yil so`raldi

'Nukusdagi tartibsizliklar bo`yicha sudda Tajimuratovga 18 yil, Qallixanovaga 11 yil so`raldi'ning rasmi

Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ochiq sud jarayonida ko`rib chiqish davom ettirildi.

11 yanvar kuni bo`lib o`tgan sud majlisi taraflarning muzokaralari eshitilib boshlandi.

Xususan, ochiq sud majlisida davlat ayblovchisi bosh gumondor Dao`letmurat Tajimuratovga 18 yil va Lolagul Qallixanovaga 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini so`radi.

Jinoiy ishga daxldor qolgan 20 kishidan 18 nafariga kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi, sudlanuvchilarning ikki nafariga esa ozodlikdan cheklash jazosi so`ralgan.

Qolgan taraflarning muzokaralari 12 yanvar kuni o`tkaziladigan sud majlisida eshitiladi.

    Boshqa yangiliklar