Sal avval, qo`shimcha ta`til kunlarida sharoitiga, isitish tizimiga qarab maktabgacha ta`lim tashkilotlarining faoliyat yuritishiga ruxsat berish hududiy hokimlar zimmasiga yuklatilgani xabar qilingan edi.
Ayni paytda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabariga ko`ra, hokimlik o`sha tizimda kuzatiladigan kamchiliklarga ham javobgar hisoblanadi. Shuning uchun ham, ularning nazoratidan yaxshi o`tgan bog`chalargina ish faoliyatini yuritishi mumkin.
Hokimlik ruxsat bermagan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ham barcha xodimlar ish faoliyatini doimgidek davom ettirishadi. Berilgan qo`shimcha ta`til davrida maktabgacha ta`lim tashkilotlari direktorlari o`z o`rnida bo`ladi. Tashkilotning pedagog kadrlari, ta`til kunlaridan unumli foydalangan holda, o`zining yo`nalishi bo`yicha qo`llanmalar, o`qitishning yangi uslublari, yangi didaktik, harakatli o`yinlar ustida ishlashi lozim bo`ladi. Shuningdek, boshqa xodimlar ham o`z ish o`rinlarida bo`lishi kerak(oshpazlar bundan mustasno).
"Tizim bo`yicha e`lon qilingan qo`shimcha ta`til kunlari faqat tarbiyalanuvchilar uchundir.
Hurmatli ota onalar, ta`til kunlarida bog`cha faoliyatiga tegishli vakolat markaziy tizimdan hududiy hokimliklarga yuklatilganligini ma`lum qilamiz", - deyiladi rasmiy xabarda.






