"Aeroflot" aviakompaniyasining Bangkok-Moskva yo`nalishi bo`yicha AFL271 reysi bo`lgan samolyoti Samarqandda favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, bortida 114 yo`lovchi bo`lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 17:52 da Samarqand aeroportiga qo`ndi.
Samolyotning qo`nishiga sabab - homilador yo`lovchining muddatidan oldin qisqarishi boshlangan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo`ndirishga qaror qildi.
Aeroportga qo`ngach, yo`lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko`rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.