AsosiyJamiyat

Buxorodan Toshkentga kelayotgan Afrosiyob poezdi nosozlik sababli to`xtab qoldi

'Buxorodan Toshkentga kelayotgan Afrosiyob poezdi nosozlik sababli to`xtab qoldi'ning rasmi

Buxorodan Toshkentga kelayotgan Afrosiyob poezdi nosozlik sababli “Malik” bekatida to`xtab qoldi. Bu haqda “O`ztemir yo`lyo`lovchi” matbuot xizmati xabar qildi

Ma`lum qilinishicha, 13 yanvar kuni Buxoro—Toshkent yo`nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdda anomal sovuq ob-havo sababli nosozlik yuzaga keldi va poezd “Malik” bekatida  to`xtatildi.

Yo`lovchilarni manzilga xavfsiz etkazib kelish maqsadida zaxira “Afrosiyob” elektropoezdi  jo`natildi.

Qayd etilishicha, O`zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli yo`lovchi poezdlar harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida 13 yanvar kuni poezdlar harakat jadvaliga o`zgartirishlar kiritiladi. Shu sababli yo`lovchi poezdlarning jo`nash hamda manzilga etib borish vaqtlarida o`zgarishlar bo`ladi.

“Har bir yo`lovchining o`z manziliga xavfsiz olib borilishini ta`minlash eng muhim vazifadir. Shuni inobatga olgan holda, ‘O`ztemir yo`lyo`lovchi’ rahbariyati yo`lovchilardan kelib chiqqan bunday vaziyatni to`gri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi”, - deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar