AsosiyJamiyat

Uchtepa tumanidagi tug`ruqxonada "svet" o`chdimi?

'Uchtepa tumanidagi tug`ruqxonada "svet" o`chdimi?'ning rasmi

Kecha ijtimoiy tarmoqda “Uchtepa tumanidagi tug`ruqxonada gaz va elektr energiyasi yo`q” mazmunida xabar e`lon qilindi. Bu bo`yicha Energetika vazirligi Matbuot xizmati rasmiy ma`lumot e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni soat 16:00da Uchtepa tumanidagi 9-tug`ruqxonani elektr energiyasi bilan ta`minlovchi ikkita tarmoqning birida nosozlik yuzaga kelgan va soat 16:30da qayta tiklangan. Ammo bitta tarmoq orqali mazkur tug`ruqxona, xususan tug`ruq bo`limi elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlangan.  

Mazkur tug`ruqxona rahbariyati bilan bog`lanilganda videodagi holat ushbu tug`ruqxonada bo`lmaganini, tug`ruq bo`limlarida elektr energiyasida uzilish kuzatilmagani ma`lum qilindi.

Videodagi holatdan ham ko`rish mumkinki, tug`ruqxonaning boshqa palatasida elektr energiyasi mavjud.

Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar o`z tasdig`ini topmadi. 

Shu o`rinda fuqarolardan va ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so`raymiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar