Mirzacho`lda elektron hisoblagichlarni sotib yuborgan ETK xodimi qo`lga olindi

Jinoyat 13.01.2023, 17:31
Mirzacho`lda elektron hisoblagichlarni sotib yuborgan ETK xodimi qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzacho`l tuman bo`limi tomonidan Mirzacho`l tuman TETKning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi. 

Unda, tuman ETK elektromontyori A.X. mutaxassis vazifasida ishlagan paytida, moddiy javobgar shaxs bo`la turib, aholi xonadonlari va ulgurji iste`molchilarga o`rnatilishi lozim bo`lgan 68 mln so`mlik 85 dona elektron hisoblagichlarni iste`molchilarga o`rnatmasdan sotib yuborib, o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1