AsosiyJamiyat

"Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo`nalishdagi harakatlanuvchi yo`lovchi poezdlariga qo`shimcha vagonlar ulanadi

'"Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo`nalishdagi harakatlanuvchi yo`lovchi poezdlariga qo`shimcha vagonlar ulanadi'ning rasmi

Biroz avval, O`zbekistonga 10-15 yanvar kunlari anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan 2023-yilning 13-14-15 yanvar kunlari "Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo`nalishidagi 766/765-sonli “Afrosiyob” elektropoezdining qatnovini bekor qilingani haqida xabar bergan edik.

 Shu  munosabat bilan yo`lovchilarga noqulayliklar tug`dirmaslik maqsadida, shu kunlari "Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo`nalishdagi harakatlanuvchi quyidagi yo`lovchi poezdlarga qo`shimcha vagonlar ulanadi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bular:

1) 12/11-sonli "Toshkent — Samarqand — Buxoro — Toshkent" yo`nalishida harakatlanuvchi “Sharq” yo`lovchi poezdiga har kuni 2 tadan (qo`shimcha 94 ta o`rin) vagon ulanadi.

2) 56-sonli "Toshkent — Buxoro — Xiva — Toshkent" yo`nalishidagi yo`lovchi poezdiga har kuni 3 tadan (qo`shimcha 162 ta o`rin) vagon ulanadi.

3) 125-sonli "Andijon — Toshkent — Buxoro" yo`nalishidagi yo`lovchi poezdiga har kuni 3 tadan (qo`shimcha 162 ta o`rin) vagon ulanadi.
 

    Boshqa yangiliklar