Ukraina NATOning xususiy harbiy kompaniyasiga aylandi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya. Bu haqda "Sputnik" xabar bermoqda.
Xavfsizlik kengashi yig`ilishida u Ukraina xalqi o`zgalarning topshiriqlari uchun kurashishga majbur qilinayotganini aytgan.
"Mamlakatga pul to`lanadi, qurol-yarog` va razvedka bilan ta`minlanadi, ularga qaerga o`q uzish va qaerga hujum qilish kerakligi aytiladi. Bundan Ukraina xalqi jabr ko`rmoqda, ular o`zgalarning topshirig`i uchun kurashishga majbur", - deydi Nebenzya.
U Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning "Biz ularning qonini yo`qotmasdan, balki o`z qonimizni yo`qotish bilan NATO missiyasini bajaryapmiz. Shuning uchun G`arb bizga ko`proq qurol va pul berishi kerak", degan so`zlarini esladi.