Ijtimoiy tarmoqarda sovuq sabab nosozlik yuzaga kelishi oqibatida avtobus eshiklari ochiq holda harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi.
"Toshshahartransxizmat" videoga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, anomal sovuq sababli Toshkent shahridagi 117-yo`nalishda harakatlanuvchi jamoat tarnasporti avtobus eshigining mexanizmidagi havo tizimi muzlab qolgan. Natijada haydovchi avtobus salonida yo`lovchilar borligini inobatga olib, ularni oxirgi bekatga etkazib qo`yish maqsadida harakatni davom ettirgan hamda yo`lovchilarni bekatga etkazgandan so`ng avtobusga texnik yordam ko`rsatilgan.
Avtobusga texnik yordam ko`rsatilib, kamchilik bartaraf etilgandan so`ng soat 15:20 da yana yo`nalishga chiqarilgan.
"Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan barcha avtobus saroyi mutasaddi rahbarlariga tegishli ko`rsatmalar berilib, har shanba kuni bo`lib o`tadigan ‘Haydovchilar kuniʼ yig`ilishida haydovchi va chiptachilarga favqulodda holatlar yuzaga kelgan vaqtda qanday harakatlanish zarurligi bo`yicha yana bir bor tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi to`g`risida topshiriqlar berildi", deyiladi xabarda.






