Avvalroq, Buxoro viloyatidagi mavjud barcha darajadagi ta`lim muassasalarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.
Ma`lum qilinishicha, Andijon va Xorazm viloyatlaridagi bog`cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirildi (bungacha 18 yanvargacha edi).
Ikki hududda ham o`quv mashg`ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi o`quvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn ta`lim tizimiga o`tkazish masalasini ko`rib chiqmoqda.