Toshkentda faoliyat ko`rsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlandi.
Bu haqda Sanepidxizmat matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, qurilish firmasining ishchilari tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul bo`limiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.
Hozirda bemorlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatilib, ularning ahvoli qonikarli ekanligi qo`shimcha qilindi.
"Shu o`rinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati yurtdoshlarimizga sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni iste`mol qilmaslik, iste`mol uchun mo`ljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishingizni so`raydi", deyiladi xabarda.






