Prezident "Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" gi farmonni imzoladi.
Unga ko`ra, sudga hurmatsizlik bilan bog`liq holatlarning oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va ushbu maqsadga erishish uchun – ma`muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Bundan tashqari, sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatlarini ijro etmaganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish rejalashtirilgan.
Hujjatda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali odil sudlovni amalga oshirishga aralashish bilan bog`liq har bir jinoyat ishining yakuni to`g`risida ommaviy axborot vositalarida majburiy ma`lumotlarni joriy etish topshirildi.
Farmonda qo`shimcha qilinishicha, sudyalarning uy-joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon va boshqa so`zlashuvlar, pochta va kurerlik jo`natmalari sirini saqlashga doir huquqlarini cheklovchi, shuningdek, abonentlar o`rtasidagi aloqalar to`g`risidagi ma`lumotlarni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini o`tkazish faqatgina bosh prokurorning sanksiyasi asosida amalga oshirilishi mumkin.






