"Toshkent—Novosibirsk" yo`nalishidagi xalqaro poezdlar harakati qayta yo`lga qo`yiladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yilning 2 fevral sanasidan Toshkent—Novosibirsk—Toshkent yo`nalishidagi xalqaro poezd o`z harakatini boshlaydi.
Uning harakat jadvali quyidagicha:
Toshkent 16:05 — Novosibirsk 04:58
- fevral oyida — 2, 10, 18, 26-kunlari;
- mart oyida — 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 31-kunlari;
- aprel oyida — 4, 8, 12-kunlari;
- may oyida — 6, 14, 31-kunlari;
- iyun oyida — 4, 12, 20, 28-kunlari;
- iyul oyida — 6, 14, 22, 31-kunlari;
- avgust oyida — 8, 16, 24-kunlari;
- sentyabr oyida — 2, 6, 26-kunlari;
- oktabr oyida — 12, 24, 28-kunlari;
- noyabr oyida — 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 30-kunlari;
- dekabr oyida — 4-kuni.
Novosibirsk 10:42 — Toshkent 05:32
- fevral oyida — 5, 13, 21-kunlari;
- mart oyida — 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari;
- aprel oyida — 3, 7, 11, 15-kunlari;
- may oyida — 9, 17-kunlari;
- iyun oyida — 3, 7, 15, 23-kunlari;
- iyul oyida — 1, 9, 17, 25-kunlari;
- avgust oyida — 3, 11, 19, 27-kunlari;
- sentyabr oyida — 5, 9, 29-kunlari;
- oktabr oyida — 15, 27, 31-kunlari;
- noyabr oyida — 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari;
- dekabr oyida — 3, 7-kunlari.
Ma`lumot uchun, ushbu yo`nalish qatnovi 2020 yilda pandemiya sababli to`xtatilgan edi.






