AsosiyJamiyat

"Bu odamlarning xohishi bo`lishi mumkin..." Rasul Kusherbaev Toshkent shahar hokimi bo`lgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi(video)

'"Bu odamlarning xohishi bo`lishi mumkin..." Rasul Kusherbaev Toshkent shahar hokimi bo`lgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qonunchilik palatasining sobiq deputati Rasul Kusherbaev Toshkent shahar hokimi bo`lishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Kusherbaev o`zi haqida tarqalgan ushbu mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

"Ertalab tursam, shunaka gaplar tarqab ketibdi. Men o`zim ham hayron bo`ldim. Bu odamlarning xohishi bo`lishi mumkin. Lekin aniqki, rahbariyatning xohishi emas. Rahbariyat menimcha buni xohlamaydi.

Chunki hokimlarga bo`ladigan qonuniy topshiriqlardan ko`ra, noqonuniy topshiriqlar juda ham ko`p. Hokimlar o`zlari istagan, istamagan taqdirda ham shunaqa popshriqlarni bajarishga majbur. Masalan o`tgan yili ShHTning Samarqandda o`tkazilgan yig`ilish arafasida bular (kattalar nazarda tutilmoqda)temir yo`l orqali borishadi, deb o`ylashib, hukumat topshirig`i bilan 10-15 kun muddatda temir yo`l atrofidagi ko`p joylarni buzidirib tashlashdi", - deydi u.

R.Kusherbaevning qayd etishicha, vaholangki, qonun bo`yicha va hukumatning o`zi chiqargan 465-sonli qarori bilan qurilmalarni buzish haqidagi sud qarori chiqquncha bo`ladigan muddatga 1 yoki 1 yarim oy muddatni tashkil etadi.

"Bu qonuniy yo`li. Yangiyo`l shahar hokimligi hukumatning topshirig`i deb, 10-15 kunda "gubullatib" buzib tashladi Bu hukumatning topshirig`i bo`lgani uchun barcha tegishli organlar bunga ko`zini yumdi", deydi Kusherbaev. 

    Boshqa yangiliklar